Bog‘chalar faoliyati o‘rganilmoqda

15.02.2024, 17:41

Bog‘chalar faoliyati o‘rganilmoqda

O‘zLiDeP Mirobod tuman kengashi va mahalliy kengash deputatlari, faollardan tarkib topgan ishchi guruh  tomonidan “O’zbekiston – 2030” strategiyasidagi birinchi maqsad, ya’ni “Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash”  yuzasidan  jamoatchilik nazorati bo‘yicha  uchrashuv tashkil etildi.

Guruh a’zolari tumandagi 183-maktabgacha ta’lim tashkilotida  bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qitish sifatini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishdi. Tahlillar natijasi atroflicha muhokama qilinib,  aniqlangan muammo va kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yuklatildi.

  • Ko'rildi
    47
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+