Senator va deputatlar yoshlar bilan ochiq muloqot qildilar
16.02.2024, 17:31
O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi tomonidan Toshkent davlat transport universitetida “Parlamentda mening o‘rnim” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi Bahodir Tojiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Nodir Jumayev, Shaxnoza Xolmaxmatova, partiya faollari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugun har bir kelajak avlod ko‘nglida Uchinchi Renessans sari dadil qadam tashlab borayotgan Yangi O’zbekistonga munosib bo‘lish, u bilan birga bap baravar qadam tashlash, istiqboli yo‘lida yetakchi yoshlardan bo‘lish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish vazifasi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
So‘zga chiqqanlar shular xususida to‘xtalib o‘tishar ekan, partiyaning “Parlamentda mening o‘rnim” loyihasi mazmun-mohiyati bilan ham talaba yoshlarni tanishtirdilar. Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Yoshlar tomonidan bir qancha takliflar bildirildi. Tadbir so‘ngida O‘zLiDePga a’zo bo‘lgan 10 nafar yoshlarga partiya guvohnomasi topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring