Yosh tadbirkorlar ko‘rgazmasi

20.02.2024, 17:40

Yosh tadbirkorlar ko‘rgazmasi

Nukusda O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Yosh tadbirkorlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Ishtirokchilarga “Kaypanov devolopment group”, “Dyeya No'kis” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari direktori Azamat Qaypanov biznesni to‘g‘ri yuritish, marketingni bilish, tadbirkorlikni yanada kengaytirib, o‘z ustida ishlashda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha oddiy hayotiy misollar bilan tushuntirish berdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishni yanada rivojlantirish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar sabab tadbirkorlar safi ortib bormoqda. Milliy yalpi ichki mahsulot eksportining salmoqli ulushi kichik va o‘rta biznes hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ular uchun barcha qulay sharoitni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan farmon va qarorlar bu boradagi choralar ko‘lamini yangi bosqichga ko‘tarishga ko‘maklashmoqda.

Mamlakatda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar tufayli o‘z biznesini tashkil etgan aksariyat yoshlar raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda. 

– Uy sharoitida sut mahsulotlaridan to‘roq (qurut) ishlashni yo‘lga quydim, – dedi Nukus shahridan Mehriban Xudaybergenova. – Yaqinda ish boshlashimga qaramasdan, xaridorlarning tabiiy mahsulotlarga bo‘lgan talabi katta ekanligini bilib, faoliyatimni yanada kengaytirish maqsadida kichik sexda ta’mirlash ishlari olib bormoqdaman. Mazkur biznes-treningdan o‘zimga ko‘p narsalarni oldim. 

Ko‘rgazmada turli yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, milliy hunarmandlik buyumlari va xizmat ko‘rsatish turlari namoyish etildi. 

Tadbir doirasida yosh dizaynerlarning ijodiy ishlari ham ko‘rsatildi. 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari

  • Ko'rildi
    47
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+