Jomboylik mutasaddilar deputatlarga hisobot berdi

26.02.2024, 21:37

Jomboylik mutasaddilar deputatlarga hisobot berdi

Xalq deputatlari Jomboy tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida yo‘l harakati xafsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘ining o‘rinbosari G‘ayrat Mamatov hamda tuman “Toza hudud” davlat unitar korxonasi direktori Baxtiyor Radjabovning hisoboti eshitildi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, o‘tgan 2023 yil davomida tumandagi avtomobil yo‘llarida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari yil davomida doimiy keng qamrovli tahlil qilinib, ularni oldini olish bo‘yicha tegishli mutasaddi idoralarga 34 ta taqdimnoma va takliflar kirtilgan.

Shuningdek, o‘tgan yil davomida jami 207 ta turli xil qoidabuzarliklar aniqlanib, ularga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangantartibda maʼmuriy choralar qo‘llanilgan.

Keyingi masala muhokama qilinar ekan, “Toza xudud” DUK tuman filiali tomonidan aholiga ko‘rsatib kelinayotgan xizmatlari yuzasidan batafsil maʼlumot berib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va ko‘tarilgan masala va muammolar bo‘yicha O‘zLiDeP tuman deputatlik guruhi aʼzolarining fikr - mulohazalari va takliflari ko‘rib chiqildi va deputatlik guruhi tomonidan nazoratga olindi.

Zebi Yusupova, 

O‘zLiDeP Jomboy tuman Kengashi 

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    49
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+