O'zLiDeP quyi bo‘g‘ini tashabbusi bilan 102 nafar ayol bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

01.03.2024, 21:55

O'zLiDeP quyi bo‘g‘ini tashabbusi bilan 102 nafar ayol bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O'zLiDeP Farg‘ona shaxar Kengashi tomonidan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”  boshlang‘ich partiya tashkilotida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Loyiha doirasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik jarayonida o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan ayollarning muammolari o‘rganilib, 102 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Tibbiy ko‘rik doirasida mutaxassislar tomonidan UZI va EGG tibbiy jixozlari yordamida tekshiruvlar o‘tkazilib, zarur tibbiy maslaxatlar berildi.

Shuningdek, Viloyat OITSga  qarshi kurashish markazi mutaxassislari  tomonidan ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, turli yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar olib borilib, flayerlar tarqatildi.

Tadbirda partiya tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Bunday ko‘riklar muntazam tashkil etilsa, xalqimiz orasida uchrayotgan turli onkologik va yuqumli kasalliklarning erta aniqlanishiga va oldi olinishiga xizmat qiladi.

Tibbiy ko‘rik yakunida "Sog‘lom avlod uchun"  xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan 11 mln. 750 ming so‘mlik dori darmonlar va ko‘zoynaklar xotin-qizlarga bepul tarqatildi.

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+