Davlat dasturi mazmun-mohiyati targ‘ib qilinmoqda

05.03.2024, 11:46

Davlat dasturi mazmun-mohiyati targ‘ib qilinmoqda

O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi tomonidan Navoiy issiqlik energiyasi stansiyasida davlatimiz rahbarining “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Farmonda xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratishdek muhim maqsadlar ilgari surilgan. Ayniqsa, yoshlarning salohiyati, iste’dodi va tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilangan. 

“Besh tashabbus olimpiadasi”, xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) bo‘yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual o‘yinlari, shuningdek, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida “Yosh tadbirkor” tanlovi tashkil etiladi. 

– Farmonda barcha o‘zgarishlarning negizi hisoblangan ta’lim-tarbiya tizimida yangicha tub islohotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi O’zLiDeP siyosiy Kengashi mas’ul xodimi Bobur Halimov. – Albatta, bu boradagi maqsadlarni amalga oshirish uchun yetarlicha mablag‘ ajratiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, bugungi kunga kelib mamlakatimizda ta’lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat budjeti xarajatlari umumiy qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etmoqda. Har bir uchrashuvda Yurtboshimiz mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya, deb hisoblab, ta’lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta’kidlamoqda.

Partiya “Yoshlar qanoti” tomonidan farmonda belgilangan maqsad va vazifalar “Parlamentda yoshlarning o‘rni”, Yosh olimlar ligasi”, Tadbirkorlar klubi”, “Intellekt”, “Siyosiy munozara” debat klubi kabi partiyaviy loyihalar orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Davra suhbati yakunida korxona yoshlari bilan doimiy xamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Muhammadjon Eshniyozov,
Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+