Kam ta’minlangan oila xotin-qizlari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

06.03.2024, 09:11

Kam ta’minlangan oila xotin-qizlari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

O’zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti  “Ayollar qanoti” guruhi tashabbusi bilan “Sog‘lom oila-mustahkam oila!” loyihasi doirasida Jizzax shahridagi “Madad shifo servis” xususiy klinikasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Taniqli shifokor Mavluda Po‘latova rahbarlik qilayotgan  va 2006 yildan buyon aholiga sifatli tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan mazkur klinikada 14 nafar malakali shifokorlar xizmat qiladi. Mazkur klinika bilan O’zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti  “Ayollar qanoti” guruhi o‘rtasida doimiy  aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Klinikada xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Nevrologiya, Kordiologiya, terapiya, ginekologiya, LOR, stomotologiya, kosmetologiya va boshqa tibbiyot laborotoriyalari shifo istab kelgan bemorlar xizmatida.

Chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik davomida ushbu hududdagi X.Olimjon, Mulkanlik, Oq oltin, Toshloq, Shodlik, Ittifoq, Qang‘li  MFY larida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, yosh bolali 20 nafarga yaqin uy bekalaridan iborat xotin-qizlar qamrab olindi.

Tibbiy ko‘rik davomida zamonaviy uskunalar tekshiruvi va  shifokorlari qabulida bo‘lgan xotin-qizlar malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, kerakli tavsiyalar oldilar.

Loyiha doirasida bunday bepul tibbiy ko‘riklar viloyatning barcha tuman, shaharlarida tashkil etilmoqda.

Saida Umaraliyeva,

O’zLiDeP Jizzax viloyati hududiy partiya tashkiloti 

“Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    41
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+