Senator va deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissalarini qo‘shdi

13.03.2024, 22:12

Senator va deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissalarini qo‘shdi

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Zero, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta salohiyatga ega.

Bugun “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida Xorazm viloyatida tuzilgan ishchi guruh qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Urganch tumanida bo‘ldi.

Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi, partiya faoli B.Tajiyev va O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi I.Fayzullayevlar Urganch tumani Oq oltin mahallasidan o‘tuvchi Urganch kanalida amalga oshirilayotgan betonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi va zaruriy topshiriqlar berildi. O‘rganish ishlari davomida ishchi guruh aʼzolari ham “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

        Maʼlumot uchun, Urganch kanali uzunligi jami 10.6 km tashkil qiladi. Hozirda dastur doirasida 1.5 km qismida betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda, taʼmirlash ishlari yakunlangach kanal to‘liq betonlashtirilgan hisoblanadi. Shuningdek, kanal chetiga 2000 ga yaqin manzarali ko‘chatlar o‘tqazish ishlari amalga oshiriladi.

        Ishchi guruh aʼzolari tumandagi kam taʼminlangan oilalar turmush tarzini yaxshilash va yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida “Adolat” hamda “Oyoq bog‘” mahallalarida ajratilgan ekin yer maydonlarini ham o‘rgandilar. Mahalladagi fuqarolar bilan suhbat davomida ushbu yer maydonlaridan yiliga 3-4 marotaba hosil olayotganlari va ichki bozorga doimiy yetkazib berayotganliklarini taʼkidlab o‘tdilar.

Muloqotda ushbu mahallalardagi amalga oshirilayotgan ishlarni keng ommalashtirish va amalga oshirilishida hamkorlikda harakat qilishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    56
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+