Oqtumshuqlik tadbirkor ayol tomorqadan 100 mln. so‘m daromad olyapti

14.03.2024, 18:33

Oqtumshuqlik tadbirkor ayol tomorqadan 100 mln. so‘m daromad olyapti

Sho‘rchi tumani "Oqtumshuq" mahallasida yashovchi Gulsara Sattarova mana 10 yildirki, o‘zining tomorqasida poliz mahsulotlari yetishtiradi. Xonadon sohibasi hududdagi maktabda ishlash bilan birga, tomorqasida oila a’zolari bilan birgalikda issiqxonada ham mehnat qilishadi. Muhimi, buning orqasidan bir yilda 80-100 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad olishyapti.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati  Kengashi “Ayollar qanoti”, partiyaning Sho‘rchi tumani  Kengashi deputati Fotima Usmonova hamda tuman kengashi apparat rahbari X.Xaitovlar “Oqtumshuq” mahallasi Obi hayot ko‘chasida yashovchi oilaviy tadbirkor Gulsara Sattarovaning xonadonida bo‘lishdi. U yerda issiqxonada pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, handalak, baqlajon va rayhon ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

— Hozirgi ekilgan mahsulotlarning o‘zidan 50-60 million so‘mgacha daromad olamiz, — deydi Gulsara Sattarova. — Aprel oyidan bularning o‘rniga boshqalarini ekamiz va shu tarzda takroriy ekin ekish evaziga bir yilda oilaviy budjetimizga issiqxonaning o‘zidan 100 million so‘mgacha daromad kiradi. Hozirda quruq maoshga qarab o‘tirmay, oddiygina hovlimizdagi yerdan unumli foydalansak, ro‘zg‘ordagi katta ehtiyojlarni bemalol qondirish mumkin bo‘ladi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat kengashi vakillari tomonidan “Namunali tomorqachi ayol-farovonlik bunyodkori” loyihasi doirasida ushbu  mahalladagi "Obi hayot" ko‘chasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Gulsara Sattorovaning  tadbirkorligi   o‘rganildi.

Bir yo‘la mahalladagi tadbirkorlikka ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlarga mahorat darsi ham tashkil etildi. Xonadon vakili hozirda maktabda ishlashini, issiqxona esa oilasiga qo‘shimcha daromad ekanligini aytib o‘tdi. Issiqxonada asosan pomidor, bulg‘or qalmpiri, bodring, handalak, baqlajon va rayhon ko‘chatlari yetishtirilib, undan 50-60 mln. so‘m foyda ko‘riladi. Takroriy ekish yil davomida oila 80-100 mln so‘mgacha oilaviy sof foyda ko‘radi. 10 yildan beri tomorqasini xazinaga aylantirgan oiladan boshqalar ham o‘rnak olishlari kerak.

 

  • Ko'rildi
    39
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+