Samarqand shahar va Payariq tumanida tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rganiladi

16.03.2024, 14:51

Samarqand shahar va Payariq tumanida tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rganiladi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashida fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan hududlar kesimida jamoatchilik nazorati tadbirlarini tizimli tashkil qilish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.    

Unda xalq deputatlari viloyat, Samarqand shahar, Payariq tuman  Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi mas’ullari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Baxtiyor Xujayorov iqtisodiyot rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirkorlik sohasidagi muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha kurashish va natijadorlikka erishish muhimligini ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida viloyat, Samarqand shahar va Payariq tumanidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, hamkor tashkilotlar OAV vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzilib tasdiqlab olindi.

Mazkur ishchi guruh mart oyining yakuniga qadar o‘z faoliyatini belgilangan hududlarni savolnoma orqali o‘rganish bo‘yicha o‘z ishini davom ettiradi.

Nodir To‘rayev,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    36
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+