Boyovutda partiya safi yana 36 nafarga ortdi

16.03.2024, 14:52

Boyovutda partiya safi yana 36 nafarga ortdi

O’zLiDeP Boyovut tuman Kengashi qoshidagi tuman tibbiyot birlashmasida ochilgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tayanch tuzilmalar yetakchilarining 2023 yildagi faoliyat yuzasidan hisobotlari eshitildi. Shuningdek, partiya a’zolariga “O’zbekiston - 2030” strategiyasining ijrosidan kelib chiqib quyi tashkilotlarning joriy yilga mo‘ljallangan aniq va maqsadli rejalari, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va partiya tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Xususan, strategiyada aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish, aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash, onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash, reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish kabi masalalar ham ko‘zda tutilgan.

Targ‘ibot tadbiri natijasida yana 36 nafar tibbiyot xodimlari partiya safiga qabul qilinib BPT raisi sifatida Moxira Zulxaydarova nomzodi bir ovozdan saylandi. Tadbir yakunida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi va qo‘yi bo‘g‘in rahbarlari faoliyatiga ijobiy baho berildi.

Zuxra Begmatova

O'zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    28
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+