Eng olis hududda bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

16.03.2024, 14:57

Eng olis hududda bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

O’zLiDeP Bandixon tuman Kengashi, tuman hokimligi, sektor rahbari hamkorligida xotin-qizlar va bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

"Sog‘lom oila - mustahkam oila" loyihasi doirasida o‘tkazilgan ko‘rikda "Bektepa", "Obod turmush", "Obikor", "Quduqsoy", "Navro‘z" mahallasidagi aholi vakillari shifokorlar tekshiruvidan o‘tishdi.

Aytish kerakki, bugungi kunda Bandixon tumanidagi 22 ta mahallada 80 ming nafardan ortiq fuqaro istiqomat qiladi. Chekka hudud bo‘lgani bois, aholi tibbiy ko‘riklarga borishi uchun tuman markaziga yoki viloyat markaziga borishi kerak. Ularga qulaylik yaratish maqsadida esa mana shunday tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, odamlar salomatligiga oid savollariga javob olishmoqda. Shu bilan birga, tibbiy savodxonligini oshirish uchun  to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Tibbiy ko‘rik doirasida “Urg‘ulsoy” mahallasida yashovchi Zulxumor Eshqobilovaning holidan xabar olinib, unga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironlik aravachasi berildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    26
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+