Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlari oshirildi
20.03.2024, 19:19
O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida Paxtachi tuman yoshlari va talabalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi.
Tadbirda O‘zLiDePning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yana-da oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratilgan maʼruzalar qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputati, tuman hokimi Muzaffar Hamdamov tomonidan Partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinayotganligi, partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasini shakllantirish va yoshlarning qonunchilik tashabbusida faolligini oshirish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilishda bildirilgan taklif va tavsiyalar, mulohazalar hamda tadbir jarayonida kelib tushgan takliflar asosida, yoshlar bilan tizimli shlash bo‘yicha yo‘l xaritalari tuzildi va 2024 yilda bajariladigan ish rejalar belgilab olindi.
R.Bobojonov,
O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi raisining
birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahalladadagi yettilik faoliyatini o‘rgandi
27.04.2024, 16:34
-
Shofirkonlik mohir tikuvchi “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichiga yo‘llanma oldi
27.04.2024, 16:32
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:29
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:04
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
Fikringizni qoldiring