Onlayn o‘quv va uchrashuvlar samarasi katta bo‘lmoqda

22.03.2024, 14:40

Onlayn o‘quv va uchrashuvlar samarasi katta bo‘lmoqda

Ayni paytda Oliy Majlis Senati tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan muntazam ravishda o‘quv seminarlari, uchrashuvlar o‘tkazilib, unda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilib borilmoqda.

Navbatdagi onlayn uchrashuvda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Dastavval, joriy yilning 2 fevralida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash va unda deputatlarning o‘rni borasida so‘z yuritildi.

Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar va loyihalar ijrosi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish, qolaversa ularning amalga oshirilishida yaqindan ko‘maklashish bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizm asosida ishlarni tashkil etish borasidagi dolzarb vazifalar ham belgilab olindi.

 Endilikda deputatlar tomonidan Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar har chorak yakuni bo‘yicha tegishli tuman, shahar viloyat Kengashlarining majlislarida tanqidiy muhokama qilinadi. Joylardagi muammolar mahalla yettiligi bilan birgalikda “tuman – viloyat – respublika” darajasida  hal etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Abdulaziz Xujakov,

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi

O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

 

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    43
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+