Yoshlar o‘rtasida deputat kubogi uchun bahs olib borildi

28.03.2024, 17:11

Yoshlar o‘rtasida deputat kubogi uchun bahs olib borildi

Sport kishinining irodasini toblaydi. Tani sog‘ bo‘lish bilan birga, mashaqqatlarga chidamli bo‘lishga o‘rgatadi. Shu bois, bugun mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning qalbida sportga nisbatan ishtiyoq uyg‘otish maqsadida joylarda ko‘plab rahbarlik kuboglari va musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi deputatlari ham ushbu xayrli ishda ancha faollik ko‘rsatishmoqda.

Termiz shahridagi 8-umumtaʼlim maktabi sport zalida “Baynalminal” va “Turon” mahallalaridagi uyushmagan yoshlar uchun voleybol hamda futbol bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.  Bunda O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi Abdumalik Tangirov tashabbus ko‘rsatgan bo‘lsa,  viloyat Kengashi deputati, katta tadbirkor Xayitali  Allamuratov musobaqaga homiylik qildi.

Qizg‘in bahslarga boy kechgan musobaqada mahallalar yoshlari o‘zaro bellashishdi. Natijalarga ko‘ra, “Baynalminal” mahalla fuqarolari yig‘ini yoshlarining qo‘li baland keldi.

Musobaqa nihoyasida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar ulashildi.

Aytish kerakki, bu kabi musobaqalar uyushmagan yoshlarni jipslashtirib, o‘z mahallasi, qishlog‘i, boringki, vatani uchun naf keltiradigan insonlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    30
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+