“Yashil makon” loyihasi doirasida buxorolik partiyamiz faollari 500 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi

09.04.2024, 20:01

“Yashil makon” loyihasi doirasida buxorolik partiyamiz faollari 500 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi

Daraxt ekib, bog‘ yaratish xalqimizga xos odat. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan xayrli harakatlarda ushbu azaliy an’ana o‘zini yuksak namoyon etmoqda.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat va Jondor tuman Kengashlari tashabbusi bilan amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish tadbirida bu yanada yaqqol ko‘zga tashlandi.

Jondor tumanining “Yangiobod” MFY hududidagi xalqaro ahamiyatdagi M-37 magistral yo‘lining Qorako‘l va Jondor tumanlari hududidan o‘tuvchi qismida barpo etilayotgan bog‘ yaratish ishlarida partiya viloyat va tuman Kengashi mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari ham faol ishtirok etib, 500 tupga yaqin hudud iqlimiga mos, issiq va sovuq ob-havo sharoitiga chidamli bo‘lgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar.

Tadbirda ishtirok etgan partiya faollari butun yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari natijasida yurtimizning barcha go‘shalari obod va ko‘klam bo‘layotgani, qolaversa turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarining ekilishi natijasida atrof-muhit musaffoligi va atmosfera tozaligiga erishilayotganligini ta’kidlab, ushbu xayrli tadbirga ishtirok etish uchun barchani chorlab qoldilar.

  • Ko'rildi
    27
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+