Deputat kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holidan xabar oldi
09.04.2024, 20:23
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Ismigul Xushmurodova yurtimiz mo‘min-musulmonlari katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan ulug‘ ayyom – Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti munosabati bilan 20-Dasht saylov okrugiga qarashli Qoratepa qishlog‘ida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar xolidan holidan xabar olib, ularni turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishib, qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora –tadbirlar belgilab oldi.
-Ramazoni sharif xalqimiz azaldan insonparvarlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va bag‘rikenglik ramzi sifatida qadrlab, e’zozlab keladigan muborak ayyomdir, - deydi Qoratepa MFY xotin-qizlar faoli Hilola O’roqova. – Hayit arafasida O’zLiDeP deputati Ismigul Xushmurodovaning mahallamizdagi bir guruh kam ta’minlangan oilalarda bo‘lib, bayram bilan qutlab, oziq-ovqat mahsulotlari tuhfa etganliklari xush kayfiyat bag‘ishladi. Ular Yangi O’zbekistonimizda hech bir oila davlatimiz e’tiboridan chetda qolmasligini dildan his etdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
-
Deputat mahalladadagi yettilik faoliyatini o‘rgandi
27.04.2024, 16:34
-
Shofirkonlik mohir tikuvchi “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichiga yo‘llanma oldi
27.04.2024, 16:32
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:29
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:04
Fikringizni qoldiring