Aholi muammolari xalq vakili nazoratida

16.04.2024, 13:45

Aholi muammolari xalq vakili nazoratida

Xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashi deputati Hamza Ro‘ziyev o‘z saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilib kelmoqda.

Xalq vakili tashabbusi bilan G‘ijduvon tumani “Taxtaxon” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, huquqni qo‘llash sohasida fuqarolarni qiynab kelayotgan mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berish maqsadida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.   

Mazkur tadbirda viloyat hamda G‘ijduvon tumanidan malakali huquqshunoslar va notariuslar jalb qilindi. Uchrashuvda “Taxtaxon”, “Zarafshon”, “Qassobon”, “Buktaroy” mahallalaridan 72 nafar fuqarolar ishtirok etib, ular tomonidan ko‘tarilgan oilaviy munosabatlar, yer va uy-joy, sud-huquq masalalari, bank kreditlari va tadbirkorlik, taʼlim va tibbiyot hamda ayrim sohalardagi jinoiy masalalarga oid muammolarga deputat va tegishli mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning 19 tasini yer va uy-joyga oid kadastr masalalari, 11 tasini bandlik va nafaqa, 5 tasini vorislik va meros huquqi, 5 tasini bank kredit va tadbirkorlik, 2 tasini jinoiy masalalar, 7 tasini aliment undirish va oilaviy nizolar, 8 tasini subsidiya va ipoteka krediti, 4 tasini taʼlim va tibbiyot sohasidagi masalalar va yana 11 ta aholini qiynayotgan boshqa dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar tashkil etdi.

Shuningdek, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturining sog‘liqni saqlash yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan G‘ijduvon tumanining “Sohibiyon” hamda “Zarafshon” MFY hududlarida deputatlik nazorati tadbirlari olib borildi.

Hududdagi 68-Sohibiyon oilaviy poliklinikasi hamda “Zarafshon” oilaviy shifokorlik punktiga tashrif buyurilib, tibbiy-profilaktik chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar davomida “Arabon”, “Palonze” qishloqlarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratilayotgan dori-darmonlar, tibbiy ko‘riklar hamda skrining tekshiruvlarining olib borilishi ham batafsil ko‘rib chiqilib, hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli soha masʼullariga zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

  • Ko'rildi
    29
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+