Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2023 yil byudjeti ijrosi va 2024 yil byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida H I S O B O T

16.04.2024, 16:54

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2023 yil byudjeti ijrosi va 2024 yil  byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida  H I S O B O T

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 3 dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va 2006 yil 18 yanvarda 563-p-son bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Partiya o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 martdagi 86-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida" Nizomga va boshqa qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

Tashkiliy-tarkibiy jihatdan partiya 14 ta yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy Kengashlari hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan 208 ta tuman va shahar partiya bo‘limlaridan iboratdir. Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan markazlashtirilgan holda moliyalashtiriladi.

2023 yil davomida partiyaning ijroiya apparatlarida 469 kishi faoliyat yuritdi, jumladan Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi apparatida 57 kishi, hududiy partiya tashkilotlari va tuman (shahar) kengashlarida 412 kishi.

2023 yil 1 yanvar holatiga partiyaning barcha bo‘g‘inida byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan shtat birligi 469 tashkil etdi, jumladan Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi apparatida 57, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari apparatlarida 204, shuningdek 208 tuman (shahar) kengashlari apparatlarida. Qo‘shimcha shtat birliklarini ta’minlash xo‘jalik hisobidan joylarda amalga oshiriladi.

Partiya Ustaviga muvofiq partiyani moliyalashtirish manbalari hududiy partiya tashkilotlari hisob raqamlariga kelib tushgan a’zolik badallari, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, yuridik shaxslar va fuqarolarning xayriya yordamlari, amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan boshqa barcha tushumlar hamda Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lardan iborat.

2023 yil 1 yanvar holatiga partiyaning hisob raqamlaridagi qoldiq mablag‘lar 7 mlrd. 474,5 mln. so‘mni tashkil qilgan. 2023 yil davomida partiyaning hisob raqamlariga jami 61 mlrd. 291,0 mln. so‘m kelib tushgan, jumladan, ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 39 mlrd. 905,7 mln. so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun 4 mlrd 913,8 mln. so‘m, Maxalliy Kengashlar deputatligiga qayta saylovida ishtirok etish uchun 18,0 mln. so‘m, a’zolik badallaridan 8 mlrd. 794,6 mln. so‘m, tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromad 226,8 mln. so‘m, homiylik va xayriya yordamlaridan 7 mlrd 175,9 mln. so‘m va boshqa tushumlar 256,4 mln. so‘mni tashkil etgan.

Partiyaning 2023 yildagi Ustav faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan xarajatlar 57 mlrd. 326,7 mln so‘mni tashkil etdi, jumladan, ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar 35 mlrd. 319,4 mln. so‘m, xizmat safari xarajatlari 179,1 mln. so‘m, dasturiy vazifalar bilan bog‘liq xarajatlar 7 mlrd. 451,3 mln. so‘m, asosiy vositalarni sotib olish xarajatlari 4 mlrd. 870,4 mln. so‘m, tovar moddiy zaxiralarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar 352,1 mln. so‘m, kommunal xizmatlarga xarajatlar 508,8 mln. so‘m, aloqa va axborot xizmatlari 441,7 mln. so‘m, yoqilg‘i xarajatlari 409,4 mln. so‘m, ijara xarajatlari 202,8 mln. so‘m, saqlab turish va joriy ta’mirlash 889,3 mln. so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun 4 mlrd 913,8 mln. so‘m, maxalliy Kengashlar deputatligiga qayta saylovida ishtirok etish uchun 18,0 mln. so‘m va boshqa xarajatlarga 1 mlrd. 770,6 mln. so‘m sarflandi.

Partiyaning bank hisobvaraqlarida 2024 yil 1 yanvar holatiga qoldiq mablag‘lar 11 mlrd. 438,9 mln. so‘mni tashkil etdi.

2024 yilda Partiya byudjeti 75 mlrd. 388,3 mln. so‘mni tashkil etilishi kutilmoqda, shundan 43 mlrd. 549,4 mln. so‘m davlat byudjetidan ajratiladigan, 13,0 mlrd. so‘m a’zolik badallari hisobidan kelib tushadigan, 7 mlrd. 150 mln. so‘m xayriya yordamlari hisobidan kelib tushadigan, 250 mln. so‘m tadbirkorlik faoliyatidan kelib tushadigan va 11 mlrd. 438,9 mln. so‘m hisobvaraqlardagi qoldiq mablag‘lardir.

Partiyaning 2024 yildagi byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha tartibda moliyalashtirilishi rejalashtirildi. Partiyaning ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlariga 52 mlrd. 772 mln. (70 %), xizmat safari xarajatlariga 754 mln. (1 %), dasturiy vazifalar bilan bog‘liq xarajatlarga 7 mlrd. 539 mln. (10 %), aloqa va axborot xizmatlariga 2 mlrd. 262 mln. (3 %), asosiy vosita va tovar moddiy zaxiralarni sotib olishga 5 mlrd. 277 mln. (7 %), kommunal xizmatlar, yoqilg‘i, ijara, gazetani qullash uchun, saqlab turish va joriy ta’mirlashga 3 mlrd. 769 mln. (5 %) hamda bank xizmati, sug‘urta, obuna, kasaba uyushmasi va boshqa xarajatlariga 3 mlrd. 015 mln. (4 %) rejalashtirilgan.

2023 yilda partiyaning Markaziy nazorat-taftish komissiyasi va uning joylardagi bo‘limlari tomonidan Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va hududiy partiya tashkilotlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tasdiqlangan reja asosida yil davomida xududiy partiya tashkilotlari tomonidan partiya Ustavi talablari hamda partiya intizomi tamoyillariga rioya etilishi, a’zolik badallarining to‘lanishi va kelib tushayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali ishlatilishi va Nizomda belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha taftish nazoratlari o‘tkazildi.

Shuningdek, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining moliyaviy auditi yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda ijrosi ta’minlandi.

 

  • Ko'rildi
    22
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+