Qonunchilikdagi yangiliklar buxorolik saylovchilar e’tiboriga havola etildi
19.04.2024, 14:22
Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar.
Yuzma-yuz muloqotlar chog‘ida aholi vakillariga qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida batafsil tushunchalar berib borilmoqda.
Oliy Majlis quyi palatasi deputati Madina Baratovaning Buxoro shahridagi “Xo‘ja G’unjoriy”, “Havzi nav” va “Turki Jandi” MFYlaridagi aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvlari chog‘ida mamlakatimizda xalq farovonligiga erishish va turmush darajasini oshirishga qaratilgan hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan me’yoriy xujjatlar, shuningdek, Prezident hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari xususida batafsil so‘z yuritildi.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 aprel kuni iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish maqsadida imzolangan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan dolzarb vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yaqinda ishlab chiqilgan “Yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi Qonuni bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida bundan tashqari mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berilib, saylovchilarni qiziqtirgan savollarga asoslantirilgan javoblar qaytarildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari viloyatda davom etmoqda. Ular davomida saylovchilarning fikr-mulohazalari, takliflari inobatga olinib, barcha masalalar va mavjud muammolar batafsil o‘rganib chiqilgan holda, hududdagi tegishli sohalarning mas’ul xodimlariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
-
O’qituvchilar bilan uchrashuvda ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi ayrim omillar sanab o‘tildi
26.01.2024, 16:53
-
Andijonda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi
26.01.2024, 16:27
-
Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ta’lim sohasidagi ishlar holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:19
Fikringizni qoldiring