Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi  

02.05.2024, 13:46

Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi   

O‘zLiDeP Samarqand viloyati Kengashi vakillari, mahalliy kengashlar deputatlari, partiya faollari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan qator uchrashuvlar, jamoatchilik nazorati tadbirlarini olib boryapti.

 Xususan, Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida shifokor va hamshiralar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi Ilhom Botirov,  O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi, deputat Ro‘zimurod Bozorov so‘zga chiqib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda partiya saylovoldi dasturida belgilangan tibbiyot sohasidagi vazifalar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir yakunida, partiya aʼzoligiga istak bildirgan 115 nafar shifokor va hamshiralarga partiya guvohnomalari tarqatildi.

Partiya vakillari tumandagi "Yangi Avlod" nodavlat taʼlim muassasasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Ushbu maktabda 220 nafar o‘quvchilarga 35 nafar oliy toifali pedagoglar sifatli taʼlim berib kelmoqda.

O‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida bugun mamlakatimizda qaysi sohada bo‘lmasin xususiy sektor ulushi oshib borayotganligini, bunday rivojlanishga Prezident farmon va qarorlari hamda qabul qilinayotgan qonunlar alohida tayanch bo‘lib xizmat qilayotganligi taʼkidlandi.

Shuningdek, O‘zLiDeP viloyat, Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi faollari, deputatlik guruhi aʼzolari tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi faoliyati bilan tanishdilar.

Mazkur kasb – hunar maktabida bugungi kunda 626 nafar talaba o‘quvchilar  tahsil olib kasb – hunarga yo‘naltirlmoqda. 7 ta yo‘nalishda 57 ta o‘qituvchi va ishlab chiqarish taʼlim ustalari taʼlim berishmoqda.

Tadbirda maktab o‘qituvchilarining ham takliflari, fikrlari tinglandi, ularning partiya safiga kirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    42
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+