O‘zLiDePning xalqaro aloqalari kengaymoqda

29.05.2018, 15:18

O‘zLiDePning xalqaro aloqalari kengaymoqda

Bugungi kunda O‘zbekistonda chuqur o‘ylangan va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish, xorijiy davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha salmoqli natijalarga erishilmoqda. Dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berildi, ShHT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari sifat jihatdan yangi bosqichga chiqdi.

Bunda davrning o‘zi O‘zLiDePdan yetakchi siyosiy partiya sifatida o‘z faoliyatining tashqi siyosat yo‘nalishi bo‘yicha samaradorligini oshirishni talab etmoqda. Bu mahalliy korxonalar mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish, sanoat va infratuzilmani modernizatsiyalash uchun chet el investitsiyalari, ilg‘or texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish kabi ustuvor masalalarga ham daxldordir. Partiyaning fikricha, xorijiy hamkorlar uchun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlar, ichki va tashqi siyosat ustuvorliklari, biznes va investitsiyalar uchun yangi qulay sharoitlar haqida manzilli axborot-targ‘ibot ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish zarur.

Mazkur vazifalar Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida 2018 yilning 26 mayida bo‘lib o‘tgan ShHT siyosiy partiyalari birinchi Forumi doirasida O‘zLiDeP delegatlari tomonidan muhokama etildi. O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Yakubov Forum ishtirokchilarini mamlakatimizning bugungi zamonaviy qiyofasi, 2017-2021 yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi, bozor islohotlarini hayotga tadbiq etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlarni yaratish hamda O‘zLiDePning mazkur jarayonlardagi roli va o‘rni bilan tanishtirdi. Tadbirda qariyb dunyoning 20 davlatidan 30 dan ziyod siyosiy partiyalarning 200 nafarga yaqin xitoylik va chet el vakillari, shu jumladan, ShHT hamda kuzatuvchi mamlakatlar va muloqot bo‘yicha hamkorlar a’zolari ishtirok etgani xorijiy hamkasblar bilan ishlashning bu kabi shakli samaradorligidan dalolat beradi.

B. Yakubov, shuningdek, partiyaning ShHTga doir pozitsiyasini bildirib, uni Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, iqtisodiy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmi, ochiq va konstruktiv muloqot uchun maydoncha hamda turli yo‘nalishlarda sheriklikni rivojlantirish vositasi ekanligini ta’kidladi. O‘zLiDePning fikricha, ShHT mamlakatlari siyosiy partiyalari o‘rtasida partiyalararo hamkorlikni kengaytirish tashkilotning asosiy maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish borasida ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yo‘lida yana bir amaliy qadam bo‘ldi.

O‘zLiDeP tashkilot doirasida mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda sa’y-harakatlarni birlashtirishni muhim deb hisoblaydi. Siyosiy partiyalar ShHT istiqbollarini mustahkamlash uning salohiyatini kengaytirishga qodir, bu tashkilotning jahon hamjamiyatidagi roli va nufuzi o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Forum doirasida O‘zLiDeP delegatsiyasi dunyo va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishga doir keng ko‘lamli masalalar hamda ShHT doirasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlik, partiyalararo aloqalarni o‘rnatish borasida fikr almashdi.

Umuman olganda, O‘zLiDePning fikricha, mazkur Forum partiyalararo muloqot “Shanxay ruhi”dagi hamkorlik, davomiylik prinsiplariga rioya qilish, tashkilot doirasida ShHTga a’zo davlatlar manfaatlariga javob beradigan aloqalarni izchil mustahkamlash va o‘zaro manfaatli rivojlanish mexanizmlaridan biriga aylanmoqda.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1239
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Томди тумани Керегетау ОФЙ БПТ раиси Е.Алайдаров2018-06-01 15:03:29

Икки давлат ўртасидаги олий даражадаги учрашувлар ва кўп қиррали музокаралар Ўзбекистон - Хитой Халқ Республикасининг муносабатларини мустаҳкамлашда, юртимизда тадбиркорликнинг янада ривожланишига салмоқли ҳисса қўшади. Биз тадбиркорлар эса бундан бағоят хурсандмиз.


O'zLiDeP Томди туман бўлими ижрочи котиби Е.Курманбаев2018-06-01 09:39:27

Хитой Халк Респбликасининг Шэньчжэнь шахрида ташкил этилган Ш.Х.Т форумида партиямиз раҳбари Б.Якубовнинг форум иштирокчиларни бешта устувор иуналишларини таништириб иштирок этиши партиямизнинг хамда давлатимизнинг обрувсини янада кутарди деб ойилайман.


O`zLiDeP Томди туман бўлими аппарат рахбари М.Абдазимов2018-05-31 17:35:10

Хитой Халк Респбликасининг Шэньчжэнь шахрида Ш.Х.Т форумида УзЛиДеП Сиёсии Кенгаши Ижроия Кумитаси райси вазифасини бажарувчи Бахтиёр Якубов форум иштирокчиларни бешта устувор иуналишларини таништириб иштирок этиши партиямизнинг обруси янада кутарилганлиги деб биламон


Ахмат Некбаев. Тадбиркор2018-05-31 10:29:30

ШҲТ сиёсий партиялари биринчи Форумида ЎзЛиДеП делегациясининг иштирок этиши мени партия аъзоси сифтида жуда хурсанд қилди. Эндиги вазифамиз Форум доирасида олинган тажрибаларни амалиётга тадбиқ этиш ва партиямизнинг келгусидаги фаолиятида ўзининг ижобий самарасини беришига эришишдир.


Хоразм вилояти Боғот туман Кенгаши Янги қадам мфй БПТ2018-05-30 20:15:08

Хитой Халқ Республикасининг Шэньчжэнь шаҳрида 2018 йилнинг 26 майида бўлиб ўтган ШҲТ сиёсий партиялари биринчи Форуми O‘zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси раиси Бахтиёр Якубов иштирокидан хурсанд бўлдим.


Боғот енгил саноат кҳк АРЭМ БПТ2018-05-30 20:11:33

Партиямиз томонидан хорижий мамлакатларнинг сиёсий партиялари билан ўз аро алоқаларии юқори баҳолайман.


O'zLiDeP Боғот туман Кенгаши депутати Г.Рахимова2018-05-30 20:07:47

Партиямизнинг Форумда иштироки мамлакатимиз ташқи сиёсатида олиб борилаётган ислоҳотларнинг амалий давоми бўлди десам муболаға бўлмайди.


O’zLiDeP Боғот туман Кенгаши фаоли С.Ражабов2018-05-30 20:02:37

ШҲТ сиёсий партиялари биринчи Форумида партиямиз раҳбари Б.Якубовнинг иштирок этганидан хурсанд бўлдим.


ДТ Халқ бонки Боғот туман филиали БПТ2018-05-30 19:58:48

Форумда иштирок килган сиёсий партияларнинг тажрибаларидан фойдалиш янги имкониятлар олиб келишига ишонаман.


Хонқа туман “Илғор” махалла фуқароллар йиғини БПТ раиси2018-05-30 19:52:26

Шанхай Ҳамкорлик Ташкилоти томонидан ташкил этилган ШҲТ сиёсий партиялари биринчи Форумида O‘zLiDeP нинг иштироки партиямизнинг ташқи сиёсатда ҳам фаоллиги биз партия аъзоларини қувонтирди ва шу билан бирга бу эришган ютуқимизни мустахкамлаш ва янада ривожлантириш учун биргаликда харакат қилишими зарур деб ўйлайман.


Fikringizni qoldiring

+