994 nafar fuqaroga ko‘chat va urug‘lik olishda amaliy yordam ko‘rsatildi

25.04.2019, 16:56

994 nafar fuqaroga ko‘chat va urug‘lik olishda amaliy yordam ko‘rsatildi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi tashabbusi bilan tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borish hamda joylarda aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida har bir tumanda targ‘ibot va monitoring guruhlari tashkil qilingan.

– 18 martdan 20 aprelga qadar guruhlar tomonidan viloyat bo‘yicha 13 ming 670 ta xonadon o‘rganildi, – deydi partiya viloyat kengashi bo‘lim mudiri Qodir Shoyimov. – Monitoring davomida jami 44,4 gektar yer maydonidan samarali foydalanilmayotganligi kuzatildi. Shuningdek, guruhlarga 83 nafar fuqaro kredit olishda, 208 nafari sug‘orish ishlarida, 2960 xonadon egalari yerga ishlov berish, 994 nafari esa zarur ko‘chat va urug‘lik olish masalasida murojaat qildi. Shundan kelib chiqib, aholi muammolariga yechim topishga e’tibor qaratdik. Xususan, 58 fuqaroga kredit olishda, 144 nafar tomorqa egalariga yerni sug‘orish masalasida, 2384 ta oila yerlariga ishlov berishda amaliy yordam ko‘rsatildi. 994 nafar fuqaroga 24 ming 767 ta ko‘chat va urug‘lik olishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Bundan tashqari joylarda namunali tomorqachilar tajribasini ommalashtirish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar, mutaxassislar ishtirokida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    963
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари2019-04-29 08:40:19

Ўзбекистон Либерал-демократик партияси Самарқанд вилояти кенгаши ташаббуси билан томорқадан самарали фойдаланиш бўйича аҳоли ўртасида тарғибот тадбирлари олиб бориш ҳамда жойларда аниқланган муаммоларни ҳал этиш мақсадида ҳар бир туманда тарғибот ва ташвиқот ишлари олиб бориш билан биргаликда партиямиз тарғиботи билан ҳам шуғулланиб кўплаб янги аъзолар қилишга ҳам эришилди


Fikringizni qoldiring

+