Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning doimiy nazoratida

04.05.2023, 16:25

Tomorqachilikni rivojlantirish deputatlarning  doimiy nazoratida

Forish tumanida deputatlar, mahalla faollari,  "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi va hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirokida  tomorqadan samarali foydalanish buyicha targ‘ibot seminari tashkil etildi.

«Bog‘don» mahallasi Bog‘don ko‘chasida yashovchi fuqarolar Yo.Usmonov, X.To‘rayev xonadonilarida bo‘lib o‘tgan seminar davomida tomorqachilikni rivojlantirishga doir dolzarb masallar muhokama qilindi.

Jumladan, «Bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili asosida mahallalarni muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish, mahallalarda aholi tomorqalaridan 2-3 marta hosil olishni tashkil etish bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy takliflar umumlashtirildi.

Shuningdek, mahallaga biriktirilgan xokim yordamchilari bilan birgalikda tomorqa yerlarida ekilayotgan bahorgi (ertangi) ekinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni "Agroonline" elektron bazasiga kiritish ishlarini tashkil etish, aholi tomorqalariga kafolatlangan ko‘chat va urug‘larni tizimli yetkazib berish, mahsulotlarni sotishni tashkil qilish uchun va tuman markaziy dehqon bozorlarida, aholi gavjum punktlarida «Tomorqa xizmati» MChJlar uchun maxsus savdo maydonlarini ajratish,  aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun 20-30 tonnalik kichik hajmli sovutgichlar barpo etish istagida bo‘lgan tashabbuskorlarni aniqlash  va ularga imtiyozli kredit ajratish, suv ta’minoti og‘ir ko‘chalarda aholi tomorqalarida oqar suv keluvchi ariqlarni manzilli dasturini shakllantirish kabi masalalar yuzasidan ham aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Belgilangan  chora-tadbirlarni amalga oshirish mahalliy Kengash deputatlari va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhning doimiy nazoratiga olindi.

Bozorgul To‘rayeva,

Xalq deputatlari Jizzax viloyat

Kengashi deputati

  • Ko'rildi
    214
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+