Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi

25.01.2024, 15:34

Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti eshitildi.

Unda ta’kidlanishicha, vohada istiqomat qilayotgan 3 482 570 nafar aholining  1 718 737 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Yakunlangan  yilda “Ayollar daftariga”ga kiritilgan 87857 nafar xotin-qizga ko‘maklashildi. 49 ming 297 nafar  ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning bandligi ta’minlandi. 3485 nafari tadbirkorlikka yo‘naltirilib, 32,4 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Boquvchisi bo‘lmagan, ijtimoiy yordam va tezkor tibbiy muolajaga muhtoj, qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarga 32,7 mlrd so‘m moddiy yordam berildi. Uy-joyga muhtoj 1 061 nafar xotin-qizlarga yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, 225 nafariga uy-joy ajratildi, 836 nafariga 1,5 mldr so‘m ijara to‘lovlari to‘lab berildi. Shuningdek. 15 921 nafar xotin-qizlarga huquqiy, 12315 nafariga psixologik yordam ko‘rsatilib, 22 494 nafar ayollar madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlarga jalb etildi. “Yangi O’zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”  shiori ostida “Ayollar daftari”ga kiritilganlarning 4600 nafari sayohatga olib chiqildi. O’tgan uch yil mobaynida mazkur tizim orqali qariyb 2,5 milliondan ortiq xotin-qizlarga ijtimoiy, iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko‘mak berish uchun 5,1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida boshqarma huzurida xotin-qizlar jamoatchilik kengashi va  viloyat xalq kengashi deputatlaridan tuzilgan “Ayollar maslahat kengashi” hamda 50 nafardan iborat “Oqila ayollar” harakati a’zolari   hamkorligida haftaning har shanba “Ahil oila” kunida tumanlarga borib, ajrim yoqasidagi oilalar bilan muhokamali suhbatlar va targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga ko‘maklashmoqdalar. Natijada mahallalardagi oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari, shuningdek MFY xotin-qizlar faollari ishtirokida ajrim yoqasidagi 1233 ta oilalar yarashtirildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan deputatlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida markaziy va quyi tashkilotlar o‘rtasida tuzilmaviy aloqalar, mas’ul vazirlik hamda idoralar faoliyatida o‘zaro hamkorlikning yetarli emasligi sohada qator kamchiliklar vujudga kelishiga sababchi bo‘layotganligi, ularni fan, ta’lim va ilmiy-ijodiy faoliyatga keng jalb etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish,  bandligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi  kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    73
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+