Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi

26.01.2024, 11:58

Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish hamda  jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish dasturi doirasida 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar ishlari Agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining hisoboti eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, har bir mahallada yoshlar balansi shakllantirilib, bu orqali 221 ming 393 nafar yoshlar 3 toifaga ajratildi (7 275 nafar - “og‘ir”, 76 967 nafar - “sariq”, 144 426 nafar - “yashil”), ular bilan individual ishlash tizimi joriy etildi.

Shuningdek, yil davomida “og‘ir” toifadagi yoshlar muammolari hal etishda jami 6 371 nafarga 10 mlrd. 373 mln. so‘mlik orqali yordam ko‘rsatildi.

Tasdiqlangan dasturlar doirasida yoshlarning 2 742 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi. 253 nafari kasb-hunarga o‘qitildi. 471 nafariga subsidiya asosida mehnat qurollari olib berildi. 1 227 nafariga dehqonchilik uchun ekin maydonlari ajratildi. 1 608 nafariga tadbirkorlik uchun kredit ajratildi. 50 nafari xunarmandchilikka jalb etildi va 2 nafari yangi yaratilgan ish o‘rinlariga joylashtirildi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan sohaga oid ko‘plab savollar berildi. Taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mutasaddining hisobotini qoniqarli deb topgan deputatlar bildirilgan taklif va mulohazalar asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

  • Ko'rildi
    76
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+