Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
O’zLiDeP Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashida deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda deputatlar tomonidan Prezidentimizning 2022 yil 24 martdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Tursunovning hisoboti eshitildi.
Hisobot ko‘ra, tumandagi mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududda istiqomat qilayotgan 226, 1 ming aholini sifatli qishloq xo‘jaligi maxsulotlari bilan ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Tumanda 2023 yilda 3 trln. 145 mlrd.so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga erishildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 103,5 foizga ortiq demakdir. Qishloq xo‘jaligi sohasida doimiy va mavsumiy ishlarda band qilish hisobiga 27 ming 201 nafar mahalliy aholi, shundan, 2 ming 734 nafari doimiy va 24 ming 467 nafari mavsumiy ishlarga jalb qilindi.
Eshituv ishtirokchilari qishloq xo‘jaligida yer, suv resurslaridan samarali foydalanish, yuqori natijalarga erishish, aholining ish bilan bandligini ta’minlash borasida qator loyihalar taklif qilib, eng maqbullarini amalda joriy etish masalasi tegishli doimiy komissiyada ko‘rib chiqilishini belgilab oldilar.
Shuningdek, tuman qishloq xo‘jalik bo‘limi mutasaddilariga 2023 yil davomida past ko‘rsatgichga erishgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini tahliliy o‘rganib, sohada eksport salohiyatini ko‘tarish, zaxiradagi mavjud ekin maydonlarini yuqori natijalarga erishgan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga topshirish yuzasidan nazorat olib borish hamda bu haqda ma’lumotlarni deputatlik guruhi a’zolariga taqdim etilishi yuzasidan deputatlik guruhi qarorlari qabul qildi.
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
-
Boshqarma boshlig‘ining hisoboti eshitildi
25.01.2024, 15:34
-
Zominlik deputatlar tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarining hisobotini eshitdilar
23.01.2024, 15:15
-
Xorazmda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
19.01.2024, 16:10
Fikringizni qoldiring