Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda

26.01.2024, 11:59

Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda

O’zLiDeP Boyovut tumani Kengashi deputati A.Odilovning ko‘magi bilan tumanning “Manaviyat” MFY aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Zomin liniyasi suvi tortildi. Natijada 240 metrdan ziyod suv quvurlari yotqizilib, 30 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan taminlandi.

Xalq vakili tashkil etilayotgan ishlarning sifati hamda loyiha smeta xujjatlariga mosligiga alohida e’tibor qaratib, pudratchi tashkilot mas’ullariga Prezidentimiz hamda xalqimizning ularga bo‘lgan ishonchini suiste’mol qilmaslik lozimligi, zimmalariga yuklatilgan vazifani sidqidildan, vijdonan bajarishlari yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    87
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+