Sektor rahbariga nega tanbeh berildi?
15.03.2021, 12:26
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spiker o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Navoiy viloyatida uchrashuvlari davomida Navbahor tumanining “Toshrabot” MFY hududidagi Navoiy “Ko‘hinur taraqqiyoti” fermer xo‘jaligida ham bo‘ldi. O’zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Yoshlar ittifoqi va O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Navbahor tuman hokimligi hamkorligida “temir daftar”ga kiritilgan ishsiz yoshlar bandligini taminlash maqsadida 13 nafar yoshga ajratilgan 25 sotixdan yer maydonlari o‘z egalariga topshirilishi jarayonida ishtirok etdi.
Fraksiya rahbari “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi asosida tashkil etilgan ushbu yer berish tadbirida har bir yosh bilan birma-bir suhbat o‘tkazib, ularning oilaviy ahvoli, berilayotgan yerga ehtiyoji bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rdi. O’rganishlar jarayonida kichik tadbirkorlik do‘koniga ega bo‘lgan qiz va singlisining nomiga yer olayotgan yigit uchun sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i F. Berdiyevga qattiq tanbeh berdi va yerni boshqa imkoniyati yo‘q odamlarga berish keraklini, yerga egalik qiluvchining ijtimoiy ahvoli, oilaviy sharoiti puxta o‘rganilmaganligini tanqid qildi.
Shuningdek, 25 sotix yerni bir kishiga ajratmasdan, yer oluvchining imkoniyatlarini birinchi o‘rinda hisobga olish kerakligi, balki 13 kishiga emas, 26 kishiga 10-15 sotixdan yer berib, ko‘proq yoshlar bandligini ta’minlashga erishish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladi.
Spiker o‘rinbosari yer berilgan yoshlarning maqsadlari bilan qiziqdi va yerdan samarali foydalanish bo‘yicha alohida tavsiyalar berdi.
O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
matbuot xizmati
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Bildirilgan fikrlar
Shohruh2021-03-15 14:18:45
Zo‘r ishlaringizga omad