Dehqonoboddagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kirgan xonadonlarga 8 ming dona mevali daraxt ko‘chatlari yetkazib berildi
05.04.2021, 19:36
Yerga cho‘p suqsa, kurtak chiqaradigan ayni bahor paytida O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal demokratik partiyasi bilan hamkorlikda Dehqonobod tumanidagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kirgan xonadonlarga 8 ming dona turli mevali daraxt ko‘chatlari yetkazib berildi.
Dastlab “Yangiobod”, “Beshbuloq” va “Bo‘ston” MFYda yashovchi kam ta’minlangan xonadonlarning har biriga 15 donadan olma, olxo‘ri, shaftoli, nok, anor, yong‘oq, o‘rik, gilos va boshqa mevali daraxtlarning payvandlangan ko‘chatlari berilib, ekish agrotexnikasi tushuntirildi, namuna sifatida bir nechta xonadonlarga ko‘chat o‘tqazib berildi.
-Hamkorlikda amalga oshirilayotgan bu xayrli tadbirlar kelgusida ham davom ettirilib, kunlar ilishi bilan Dehqonoboddagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da qayd etilgan xonadonlarga pomidor, bulg‘or qalampiri ko‘chatlari hamda turli ko‘katlar urug‘lari bilan ta’minlanadi hamda parvarishlashga ko‘maklashiladi,- deydi O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi apparat rahbari Arziqul Sherov. – Bu tashabbus viloyat bo‘yicha keng yoyilib, barcha tumanlarda amalga oshiriladi. Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va aholi xonadonlari daromadlarini oshirishda bu sa’y-harakatlarning ahamiyati nihoyatda katta.
O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi
axborot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Uyda o‘tirgan holda daromadli bo‘lishni istaysizmi?
17.05.2024, 12:28
-
Samarqand shahri Qorasuv massividagi 1680 o‘rinli maktabning qurilish ishlari nega to‘xtab qolgan?
17.05.2024, 12:16
-
Pilla xarid narxi 25 foizga oshirildi
17.05.2024, 12:02
-
Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
17.05.2024, 10:55
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
Fikringizni qoldiring