“Shift ko‘chishi” hodisasi qaytarilmasligi uchun...

17.08.2021, 16:32

“Shift ko‘chishi” hodisasi qaytarilmasligi uchun...

Barcha davlatlarda, hatto yuksak taraqqiy etgan mamlakatlarda ham katta-kichik noxush hodisalar bo‘lib turadi. Bunga istagancha misol keltirish mumkin. Shu ma’noda olganda ayrimlar ijtimoiy tarmoqlar, axborot saytlarida poytaxtimizning “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi yer osti yo‘laklaridan birining shifti – alyukobond konstruksiyaning kichik bir qismi ko‘chib tushgani boisidan shovqin solayotgani biroz tushunarsiz. Bir necha yil oldin Toshkent shahridagi kafelardan birida shiftga qoplangan xuddi shunday tunukasifat materialning bir qismi xo‘randalar ustiga qulab tushganiga guvoh bo‘lganmiz. Taraqa-turuq bo‘lib, chang ko‘tarildi, lekin hech kim tan jarohati olmadi. Odamlar cho‘chib ketdi, xolos. Xodimlar bir necha mijozdan uzr so‘rab, bo‘laklarni ko‘chaga chiqarib qo‘ygan. Demoqchimizki, bu turdagi ko‘ngilsizliklar insonlar sog‘lig‘iga deyarli hech qanday xavf tug‘dirmaydi, ortiqcha vahimaga hojat yo‘q.

Lekin inshoot ko‘rkamligiga putur yetishi bor gap. Fikrimizcha, loyihalashtiruvchi tashkilotlar chizmalarni takomillashtirishi, konstruksiyalarning yanada pishiq-puxta bo‘lishiga e’tibor qaratishi lozim. Qurilish tashkilotlari ham, ularning ishi sifatini nazorat qiluvchi idoralar ham zimmasidagi vazifalarga jiddiyroq yondashishlari zarur.

Mazkur voqeani ogohlantiruvchi bir signal sifatida qabul qilish mumkin. Toshkent shahridagi barcha yer osti va yer usti yo‘laklarining nafaqat  shifti, balki barcha qismlarini doimiy ravishda profilaktik tekshiruvdan o‘tkazib turish, lozim topilgan taqdirda ta’mirlash maqsadga muvofiq.

 Abdunabi Muxrimov,

O‘zLiDeP Chilonzor tuman Kengashi

apparati rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    301
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+