O'zLiDePning navbatdagi ommaviy tadbiri Beruniy tumanida o‘tkazildi

18.08.2021, 14:21

O'zLiDePning navbatdagi ommaviy tadbiri Beruniy tumanida o‘tkazildi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan "Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida ochiq osmon ostida ommaviy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri, O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Sag‘indiq Turmanov,  O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Guljan Xalmuratova, Beruniy tuman hokimi Atabek Saparbayevlar, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va tuman Kengashi faollari, deputatlar,  taniqli sportchilar, madaniyat sohasi vakillari, tadbirkor va fermerlar, faol yoshlar ham ishtirok etishdi.

O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev tadbir qatnashchilarini bayram bilan tabriklab, mustaqilligimiz sharofati bilan erishgan natija va yutuqlarimiz, ayniqsa keyingi yillarda barcha sohalarda olib borilayotgan ishlarni mustaqilligimiz bilan chambarchas bog‘liq ekanligini alohida e’tirof etdi.  

Ayniqsa, mamlakatimizda barcha sohalar singari sportni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Birgina misol yaqinda Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Tokio - 2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning qo‘lga kiritgan zafarlari barchamizga quvonch ulashdi. Sportchilarimiz orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 18 yoshli qilichbozlik  sabliya yo‘nalishi bo‘yicha O’zbekiston tarixida birinchi marta Olimpiya qatnashchisi Zaynab Dayibekovaning ham ishtirok etganini alohida e’tirof etsak arziydi.

"Jasorat" medali sohibi sportchi qizimiz Zaynab Dayibekova ham beruniylik yoshlarni bayram bilan tabriklab, Prezidentimizning biz yoshlarga otalarcha g‘amxo‘rligini, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, barcha sohalardagi o‘zgarish va yangilanishlarni oddiy sodda tilda misollar bilan samimiy e’tirof etdi. 

Sportchi qizimiz Zaynab Dayibekova O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga xayrixohligini bildirdi va partiyaga a’zo bo‘ldi. Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan ommaviy tadbir madaniyat xodimlarining kuy qo‘shiqlari bilan davom etdi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    272
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+