Yaqinlashayotgan ulkan siyosiy imtihonga puxta tayyorlanyapmiz

23.08.2021, 10:47

Gavharoy To‘xtasinova
Gavharoy To‘xtasinova

O'zLiDeP Bektemir tuman Kengashi deputati

Mamlakatimiz ulkan ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega jarayon – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida turibdi. Zero, respublikamizda Prezident – mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilishi, Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy rioya etilishi, davlat mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi muhofaza etilishi hamda xalqimizning tinch va farovon hayotini, yurtimiz izchil taraqqiyotini ta’minlaydigan boshqa ko‘plab o‘ta muhim ishlar uchun mas’ul shaxs hisoblanadi. Shuning uchun ham saylov jarayonlarining xalqchil, qonuniy, adolatli o‘tishida barchamizdan, ayniqsa, siyosiy partiyalar vakillaridan yuksak mas’uliyat talab etilmoqda.

Qayd etish zarurki, ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi natijasida jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining  jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish, siyosiy partiyalarga uyushish kabi konstitutsiyaviy huquqlari emin-erkin ta’minlanmoqda. Keyingi yillarda demokratik islohotlarning yanada chuqurlashtirilishi jarayoni fuqarolarning siyosiy faolligi sezilarli darajada oshishi, mamlakat hayotida siyosiy partiyalarning o‘rni va rolini kuchayishiga ijobiy turtki beryapti.

Saylovlar har qanday demokratik jamiyatda keng qamrovli islohotlarning amaliy natijasi, fuqarolarni davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga faol jalb qilishning eng muhim shakllaridan biri sifatida qaraladi. Ayni paytda O’zbekistonda saylov tizimi va saylov huquqi demokratik mezonlarga asoslangan bo‘lib, u har birimizga o‘z huquq va manfaatlarimizni to‘liq himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Boshqalar qatori biz ham faoliyatimiz davomida bunga qayta-qayta ishonch hosil qilyapmiz. Zero, biz – O'zLiDeP Bektemir tuman Kengashi xodimlari va faollari yaqinlashayotgan siyosiy imtihonga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Shu kunlarda Saylov kodeksining tegishli moddalari hamda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qaroriga asosan partiyamiz tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash bilan ham shug‘ullanyapmiz. Imzo to‘plash ishlariga jalb qilingan faollarimizga mazkur jarayonni belgilangan tartib-qoidalarga to‘la rioya etgan holda olib borish yuzasidan tegishli yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berildi. Mazkur muhim tadbirga xodimlarimiz, kengashimiz a’zolaridan tashqari boshlang‘ich partiya tashkilotlari, mahalliy kengash deputatlari, volontyorlar va partiyaning boshqa faollari jalb qilindi. Saylovchilar imzosini to‘plash turli shakldagi saylovoldi tadbirlarimizda, shuningdek, korxonalar, xo‘jaliklar, muassasalar, savdo nuqtalari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda vakillarimiz tomonidan imzo varaqalarini to‘ldirish tartibi va bu borada qat’iy amal qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar saylovchilarga aniq-ravshan tushuntirilmoqda. Saylovchilarni majbur qilish va ularni  og‘dirib olish holatlariga yo‘l qo‘yilmayapti. Imzo to‘playotgan faollarimiz saylovchilarning Prezident saylovi, partiya faoliyatiga doir savollariga to‘liq javob qaytarayotgani, O'zLiDeP dasturiy g‘oyalarini qizg‘in targ‘ib qilayotgani ham e’tiborga molik. 

Shuning barobarida partiya tuman kengashi tarkibidagi BPTlarning umumiy yig‘ilishlari deyarli poyoniga yetdi. Bu tadbirlarda tuman konferensiyasiga delegatlar saylash kun tartibidagi asosiy masala sifatida atroflicha muhokama qilinyapti. “Kimlarni delegatlikka saylayapmiz?”, “Nima uchun aynan shu kishilarga ishonch bildirayapmiz?”, degan savollar o‘rtaga qo‘yilyapti.  Partiya a’zolari tomonidan saylangan vakil o‘z navbatida shahar konferensiyasiga delegatlar saylaydi. Shuningdek, delegat nafaqat saylaydi, balki o‘zi ham tilga olingan partiya rahbar organlariga saylanishi ham mumkin.

Shuningdek, “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tuman Kengashimiz tomonidan o‘tkaziluvchi  ommaviy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Unda parlament quyi palatasidagi deputatlarimiz, mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari, taniqli tadbirkor va fermerlar, san’at, adabiyot, sport, madaniyat sohalari namoyandalari ishtirok etadilar.  Tadbirda zamonaviy va milliy, an’anaviy va noan’anaviy uslublarni uyg‘unlashtiramiz. Jumladan, karnay-surnay sadolari ham, sintezator  orqali esa urfga kirgan ohanglar ham yangraydi. Partiya maqsadlari aks etgan plakatlar, transparantlardan keng foydalanamiz. Yangi islohotlar, ularning samaralari  to‘g‘risidagi roliklarni namoyish etamiz.       

Xulosa tariqasida shuni aytishni istardimki, jamiyatning taraqqiyotga erishganini ko‘rsatuvchi mezonlardan biri – muhim, millionlab insonlar hayotiga daxldor qarorlarni ko‘pchilik bo‘lib qabul qilishdir. Ya’ni, qarorlar qabul qilishda yakka shaxslar yoxud jamiyatning ba’zi guruhlari emas, balki hamma bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. Ko‘pchilikning xohish-irodasi amalga oshadi. Ana shu omilni ro‘yobga chiqaruvchi vositalardan biri saylovdir. Biz saylov huquqiy, tashkiliy va boshqa jihatlardan mukammal tashkil qilinishiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz. 


  • Ko'rildi
    651
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O’zLiDeP Жиззах вилоят Кенгаши Олим Норжигитов2018-06-27 12:37:35

Президентимизнинг “Одамнинг иммунитет танқислиги вируси келтириб чиқарадиган касаллик тарқалишига қарши курашиш ва шифохона ички инфекцияларини профилактика қилиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори ОИВ-инфекциясини ўз вақтида профилактика ва диагностика қилиш, беморларга тиббий-ижтимоий ёрдам кўрсатиш сифатини ошириш, уларни стационарда даволаш кўламини кенгайтиришга хизмат қилади.


Бегматова Зухра Сирдарё вилоят Кенгаши Кадрлар бўйича инспектор2018-06-27 08:48:09

Президентимиз томонидан қабул қилинаётган барча қарорларнинг заминида инсон қадр-қиммати, саломатлиги ётади. Бу қарор ҳам айнан шундай. Партиямиз олдига ушбу қарор жудда катта ёндошувни, масъулятни юкламоқда. Хар қандай қарор ижросини таъминлашда хар бир фуқаро, партия вакллари бирдек масъул бўлишимиз зарурдир.


Fikringizni qoldiring

+