Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 10-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida yangi xonadon topshirildi

10.06.2026
78

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi va “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida Taxiatosh tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila uchun yangi uy qurib berildi. “Shamchiroq” mahallasida yashovchi fuqaro Biysenbay Abdullayevning avariya holatidagi uyi bo‘yicha qilingan murojaat deputat Mukarama Djumamuratova tomonidan o‘rganilib, muammoni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Tashabbusni partiya faollari va saxovatpesha tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlab, qisqa muddatda zamonaviy xonadon qurib bitkazildi. Shuningdek, uy barcha zarur jihozlar — muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi va mebellar bilan ta’minlandi.

Xonadon egalari yangi uyning topshirilishi ular uchun katta quvonch va umid bo‘lganini ta’kidlab, barcha homiy va tashabbuskorlarga minnatdorchilik bildirdi. Bu kabi xayrli ishlar aholi murojaatlariga yechim topish, inson qadrini ulug‘lash va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?