10 nafar fuqaro stasionar davolanish uchun yo‘llanma oldi
O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Yangi yo‘l shahrida xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya davomida “Kovunchi Tepa”, “Navro‘z”, “Yangi bog‘” va “Fayzobod” mahallalarida yashovchi 40 nafar xotin-qiz malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdi. Ularga turli kasalliklarni erta aniqlash va salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha tibbiy maslahatlar berildi.
Ko‘rik natijalariga ko‘ra, 10 nafar fuqaro stasionar davolanish uchun yo‘llanma olgan bo‘lsa, 20 nafar ishtirokchiga ambulator davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur aksiya aholi, ayniqsa xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.