Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 16-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Jizzaxlik paxtakorlar innovatsion usullar orqali mo‘l hosil va katta daromadga erishmoqda

15.10.2025
78

Bu yil jizzaxlik paxtakorlar 290 ming 680 tonna “oq oltin” hosilini yig‘ib olishni rejalashtirishgan. Ahamiyatlisi, viloyatda paxtachilik sohasiga ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy usullar jadal joriy etilmoqda.

Joriy yilda 20 ming gektar yer maydoniga xorijiy nav chigitlar ekilib, yuqori hosildorlikka erishish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, 14 ming gektar yerda Xitoy texnologiyasi asosida plyonka ostiga urug‘ ekish va tomchilab sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa suv resurslaridan tejamkor foydalanish hamda hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Jizzax viloyatida bo‘lib, paxta terimi jarayoni bilan tanishdi. Dalalarda faoliyat yuritayotgan fermerlar, mexanizatorlar va soha mutaxassislari bilan muloqot chog‘ida zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash natijasida yetishtirilayotgan mo‘l hosil, eng avvalo, dala mehnatkashlarining daromadini va turmush farovonligini oshirayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, terim jarayonini mashinalar yordamida tashkil etishni jadallashtirish, xomashyo sifati va qabul punktlaridagi tashkiliy ishlarga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Partiya fraksiyasi vakillari ta’kidlashicha, Jizzaxda qo‘llanilayotgan yangicha agrotexnologiyalar va paxtachilikka innovasion yondashuvlar mamlakatning boshqa hududlari uchun ham namuna bo‘lishi mumkin.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?