Shanba 23-Avgust 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

11 ta tarmoqda faoliyat olib borayotgan karmanalik tadbirkor Navoiyning ishbilarmon ayoli bo‘ldi

22.08.2025
24

Navoiy shahridagi “Alisher Navoiy” bog‘ida “Ishbilarmon ayol – 2025” ko‘rik-tanlovining respublika-hududiy bosqichi o‘tkazildi. Unda O‘zLiDeP yetakchisi Aktam Xaitov ishtirok etdi.

An’anaviy tarzda tashkil qilinadigan mazkur tanlovda viloyatning 11 ta shahar va tumanlaridan faol tadbirkor ayollar ishtirok etdi. Ular faoliyati bilim darajasi, ishlab chiqarish yo‘nalishi, aholi bandligiga qo‘shayotgan hissasi va partiya o‘quv-seminarlarida ishtirok etgani asosida baholandi.

Karmana tumanidan ishtirok etgan “Karmana Samo-yulduzlari”, “Navoiy Sumayya” MCHJ va “Davrbek-Davron kelajagi” xususiy korxonalari ta’sischisi Shoxista Hikmatova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

— “Faoliyatimni 1995 yilda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida boshlab, bugunga kelib 3 ta korxonam, 2 ta mehmonxona, 3 ta supermarket va 3 ta ovqatlanish shaxobcham orqali 120 nafardan ortiq ish o‘rni yaratdim. Yana 4 yulduzli mehmonxona qurish orqali 70 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. Tanlovda tadbirkor ayollar bilan hamkorlik shartnomalari tuzdim. Birinchi o‘rin men uchun katta mas’uliyat”, — deydi g‘olib.

Tanlovda oilaviy tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator ayollar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?