Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 23-dekabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlarga o‘zgartirish kiritilmoqda

23.12.2025
78

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida dastlab Prezidentimizning shu yil 18-20-dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Deputatlar davlatimiz rahbarining ushbu mamlakatga tashrifi O‘zbekiston — Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim voqea bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar.

Tokiodagi uchrashuv va tadbirlar O‘zbekistonning mintaqaviy jarayonlardagi kuchayib borayotgan mavqei hamda yetakchi xalqaro sheriklar bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish tamoyiliga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagani ta’kidlandi.

Fraksiya a’zolari mamlakatimiz rahbarining Yaponiyaga tashrifi hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammitidagi ishtiroki ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini e’tirof etdilar.

Shundan so‘ng, bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani ko‘rib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani Oliy Majlis palatalariga taqdim etishning aniq muddatini belgilash taklif etilmoqda.

Muhokamalar davomida fraksiya a’zolari Aziza Aminova, Diyor Xusanov va boshqalar qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib, uning zarurati va ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirishdi.

Yig‘ilishda ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi dolzarb masalalarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlashga hamda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qizg‘in munozaralardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?