Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 25-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

200 nafar fuqaro bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

25.06.2026
50

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” dasturi doirasida To‘raqo‘rg‘on tumani Qatag‘on mahallasida “Salomatlik sari” loyihasi tashkil etildi.

Tadbir davomida mingga yaqin aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ayniqsa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi.

Malakali shifokorlar tomonidan chuqur tibbiy tekshiruvlar o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzi va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Salomatligida muammo aniqlangan fuqarolarga esa davolanish uchun yo‘llanmalar taqdim etildi.

Mazkur loyiha aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlarni xalqqa yaqinlashtirish va inson qadrini ulug‘lashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?