Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 19-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

30 nafar xotin-qizlar O‘zLiDeP safiga qo‘shildi

19.03.2026
39
Zamonaviy bunyodkor ayollar mamlakat taraqqiyotining mustahkam tayanchidir. Surxondaryo viloyatida xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zLiDeP tomonidan ilgari surilayotgan “Zamonaviy bunyodkor ayol O‘zLiDePni tanlaydi” loyihasi ayollarni davlat va jamiyat boshqaruviga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Termiz davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan davra suhbati mazkur yo‘nalishdagi amaliy qadamlardan biri bo‘ldi. Unda xotin-qizlarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish va yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Samimiy va ochiq muloqot ishtirokchilarning siyosiy ongi va faolligini yanada oshirishga xizmat qildi. Tadbir doirasida 30 nafar yangi a’zoning partiya safiga qo‘shilishi esa yoshlar, ayniqsa xotin-qizlar orasida siyosiy jarayonlarga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi. Bunday tashabbuslar kelgusida malakali, faol va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?