Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

50 ta ish o‘rin yaratgan xo‘jaylilik tadbirkor ayol mahallaning ishbilarmon ayoli g‘olibi bo‘ldi

04.02.2026
22

O‘zLiDeP tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Xo‘jayli tumanidagi “Qumbiz”, “Qirqinchi” va “Shag‘ala ko‘l” mahallalarida tanlovning mahalla bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov doirasida “Qiriq qiz tekstil” MCHJ rahbari, ishbilarmon ayol Nargul Qudaybergenovaning faoliyati alohida e’tirof etildi. U milliy kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak, milliy va zamonaviy kelinchak ko‘ylaklari hamda to‘y anjomlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Tadbirkor “ustoz–shogird” an’anasi asosida yoshlarni mehnatga jalb etgan holda, bugungi kunda 50 nafardan ortiq doimiy hamda mavsumiy ish o‘rinlarini yaratgan. Uning mahsulotlari mahalliy bozor bilan birga qo‘shni davlatlarda ham talabga ega.

Nargul Qudaybergenovaning tashabbuskorligi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rgatish va mahallaning ijtimoiy hayotini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, «Aida’s bakery house» va «Sarpo Showroom» loyihalari ham hakamlar tomonidan munosib baholanib, eng faol ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?