Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 05-fevral 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat tashabbusi bilan 3,5 km yaroqsiz yo‘l ta’mirlanadigan bo‘ldi

03.02.2026
87

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddasxon Axmedova aholi murojaatlari asosida Oltinko‘l va Shaxrixon tumanlari chegarasida joylashgan magistral ko‘chadagi avtoyo‘l holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida taxminan 3,5 km yo‘l qismi yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlanib, bu aholi va transport harakati uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani qayd etildi.

Muammo yuzasidan deputat Andijon viloyati Avtoyo‘l boshqarmasi mas’ullari bilan tezkor muloqot o‘tkazdi. Yo‘l holati rasmiy o‘rganilib, 2026 yil ta’mirlash va asfaltlash rejasiga kiritilishi ma’lum qilindi.

Mazkur masala deputat tomonidan doimiy nazoratga olindi va uni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?