Deputat tashabbusi bilan “Sheyxon” mahallasida yo‘l va ichimlik suvi muammolari hal etildi
Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat Ra’no Ismatova o‘z saylov okrugidagi o‘rganishlari davomida aholi ko‘targan ichki yo‘llar va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarga alohida e’tibor qaratdi.
“Sheyxon” mahallasi aholisi murojaatlari asosida deputat tomonidan aloqador tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, masala nazoratga olindi. Natijada Buxoro shahar hokimining qaroriga muvofiq “Do‘lama” ko‘chasining 2 km qismiga asfalt yotqizildi, “Sheyxon” ko‘chasining 1 km qismi shag‘allandi.
Shuningdek, mazkur ko‘chada “Buxoro suv ta’minot” MCHJ tomonidan 300 metr ichimlik suvi quvuri tortilib, bu ishlarga byudjetdan 504 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Eski simyog‘ochlar yangilandi.
Amalga oshirilgan ishlar aholi tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olindi. Deputat tashabbusi bilan saylovchilar murojaatlari izchil va samarali hal etilmoqda.