Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 11-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Amir Temur merosi — millat faxri, tariximiz iftixori!

11.04.2026
51

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar muammolarini o‘rganish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda Temurbeklar maktabi harbiy akademik liseyi hamkorligida Sohibqiron Amir Temurning 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Temurbeklar maktabi direktori, o‘qituvchilar, partiya faollari va yoshlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar Amir Temur shaxsiyati, uning davlatchilikdagi o‘rni va boy merosi haqida yoshlarga atroflicha ma’lumot berishdi.

Ta’kidlanganidek, Amir Temur — buyuk sarkarda, kuchli davlat asoschisi va bunyodkor shaxs sifatida jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Uning “Kuch – adolatda” degan shiori bugun ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Tadbir davomida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, chiqishlar va Amir Temurga bag‘ishlangan film namoyish etildi. Barcha ishtirokchilarda yuksak ruh va faxr tuyg‘usi uyg‘otgan ushbu tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?