Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 01-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Andijonda ishsizlik darajasi 1,6 foizga kamaydi

21.08.2025
81

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, har bir mahallani obod qilish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi. Mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif-tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, joriy yilning o‘tgan davrida mahalliy byudjetga 1 trln 785,6 mlrd so‘m daromad tushirildi. Shuningdek, Andijon, Asaka, Qorasuv va Shahrixon shaharlarining urbanizatsiya darajasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining ijrosi, elektr tarmoqlarining qurilishi va transformatorlar o‘rnatish kabi masalalar muhokama etildi.
Yig‘ilishda aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham tahlil qilindi. Qayd etilganidek, bugungi kunda viloyatda ishsizlik darajasi 5,4 foizni tashkil etib, 2024 yil boshiga nisbatan 1,6 foizga kamaygan. Shuningdek, hisobot davomida xorijiy mamlakatlarda yuqori maosh to‘lovchi va xavfsiz mehnat sharoitlariga ega bo‘lgan ish beruvchilarni aniqlash, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolarni chet tillariga va kasblarga o‘qitildi.
Bundan tashqari, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar bilan doimiy muloqotlarni tashkil etish va ularning muammolarini hal etishda ko‘maklashilmoqda. Migrantlarning oila a’zolariga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Yig‘ilish yakunida deputatlar mutasaddilarga mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?