Shanba 18-Yanvar 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Ayollar qanoti”ning 2024-yildagi faoliyati sarhisob qilindi

16.01.2025
53

O'zLiDeP “Ayollar qanoti”ning 2024-yildagi faoliyati sarhisobi va joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy kengashlarga saylangan deputat ayollar, partiyaning hududiy Kengashlardagi Ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari hamda ayollar muammolarini o‘rganish va ishbilarmonligini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mudirlari hamda “Ayollar qanoti” faollari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan “Ayollar qanoti” tomonidan 2024-yil davomida 3 500 ta tadbir tashkil etilib, ularda 260 mingdan ortiq xotin-qiz qamrab olindi. O‘tgan yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylov natijasiga ko‘ra, parlament quyi palatasiga O’zLiDePdan saylangan 64 nafar deputatdan 24 nafarini, ya’ni 38 foizini ayollar tashkil etadi. Mahalliy Kengashlarga saylangan 1875 nafar deputatdan 473 nafari xotin-qizlardan iborat. Shulardan, 68 nafari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga, 405 nafari tuman (shahar) Kengashlariga saylandi.

O‘tgan yilda “Ayollar qanoti” tomonidan 20 ga yaqin loyihalar amalga oshirildi. Xususan, “Bunyodkor ayollar”, “Sog‘lom oila – mustahkam oila”,  “Farovon oila”, “Namunali tomorqachi ayol – farovonlik bunyodkori”, “Bir deputat – yuz ayolga ko‘makchi!”  loyihalari hamda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi, “O‘zLiDeP ayollari – Yangi O‘zbekiston bunyodkori!” loyihalari ana shular jumlasidandir.

Tadbirda Ayollar qanotining joriy yildagi faoliyatining ustuvor vazifalari ham belgilab olindi. Xususan, saylovoldi dasturimizdagi 5 maqsad va 500 vazifaning ijtimoiy yo‘nalishida belgilab berilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan ayol deputatlar bilan mustahkam hamkrolik qilish kerakligi ta’kidlandi.

Davra suhbati davomida yaqinda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasi haqida ham fikr-mulohazalar, takliflar bildirib o‘tildi.

Partiyaning “Ayollar qanoti” vakillarini davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif-tavsiyalari bilan faol ishtirok etishga chaqirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?