Biznesga qiziqishi bo‘lgan xotin-qizlarga tadbirkorlikning sir-asrorlari o‘rgatildi
Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha keng choralar ko‘rilmoqda.
O‘zLiDeP Toshkent shahar va Olmazor tuman Kengashlari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda "International Express school" hamkorligida “Ayollar tadbirkorligida mahorat va yetakchilik ko‘nikmalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda xotin-qizlarni biznes bilan shug‘ullanishlari uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, qonunchilikdagi yangiliklar, qator imtiyozlar xususida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, mahalla xotin-qizlariga zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish, o‘z biznesini boshlashda mahorat va yetakchilik ko‘nikmalari haqida ham to‘xtalib o‘tildi.