Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 01-Sentyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Biznesga sodda shaklda investitsiya jalb qilish platformasi ishga tushiriladi

20.08.2025
125

O‘zbekistonda yangi investitsiya platformasi ishga tushiriladi. Bu haqda Prezidentimiz tadbirkorlar bilan uchrashuvida ma’lum qildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar investisiya kiritayotgan shaxsni ta’sischi qilib olishga majbur. Lekin bunga hamma ham rozi bo‘lmaydi. Shu bois resurs bo‘yicha asosiy yuklama haligacha banklarga tushyapti.

Endilikda loyihaga soddalashgan tartibda mablag‘ jalb qilish bo‘yicha investitsiya platformasi ishga tushiriladi. Bunda barcha korxonalar o‘zining loyihasini bu platformaga joylashtiradi, potensial investorlar esa istalgan loyihani tanlab, sarmoya kiritishi mumkin bo‘ladi.

Eng muhimi, investor ta’sischi emas, ulushdor sifatida daromadga sherik bo‘ladi, kiritgan mablag‘i kafolatli himoyalanadi.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlar bu yangi tizim orqali yiliga qo‘shimcha 1 milliard dollar mablag‘ jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?