Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 15-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

BMT Bosh Assambleyasida ta’lim sohasida erishgan yutuqlarimizning alohida qayd etilgani ustoz va murabbiylar uchun yuksak e’tirofdir

26.09.2025
209

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni oldidan O'zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

Partiya rahbari davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’lim sohasida erishgan yutuqlarimizni alohida qayd etgani ustoz va murabbiylar uchun yuksak e’tirof bo‘lganini qayd etdi.

Ta’kidlash kerak, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizgacha oshirildi. Oliy ta’lim qamrovi esa 9 foizdan 42 foizga yetgani ta’lim islohotlarining amaliy natijasidir. Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim qadam ekani e’tirof etildi. 

Uchrashuvda ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha O‘zLiDeP saylovoldi dasturidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?