Boshlang‘ich partiya faoliyati bilan tanishildi
Namanganda “Xalq bilan birga” dasturi doirasida aholi murojaatlari va muammolarini joyida o‘rganishga qaratilgan ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Yangi Namangan tumanidagi “DENTAFILL PLUS” korxonasida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
Endilikda partiya vakillari, deputatlar va faollar aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganib, muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha ish olib boradi. Aniqlangan masalalar tahlil qilinib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltiriladi va ijrosi nazorat qilinadi.
Ta’kidlanganidek, bu tajriba aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish, muammolarni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hal etish va odamlarni rozi qilishga xizmat qiladi.